

Bu tartib FIFA tomonidan 2023 yildan boshlab xalqaro maydonda amaliyotga kiritilgan. Maqsad – stadiondagi muxlislar va televidenie orqali kuzatayotgan tomoshabinlarga hakamning qarorini yanada aniq va ochiq tarzda tushuntirish.
Hakam qarorining e'lon qilinishi Yevropa va jahon arenalarida sinovdan o'tgan bo'lib, futbol o'yinlarida shaffoflikni oshirishda samarali vosita sifatida etirof etilmoqda.
Endi ushbu tajriba O'zbekistonda ham ilk bor test rejimida sinovdan o'tkaziladi.



