⚡️ O'YIN KUNI. Bugun O'zbekiston U-23 termasi qita birinchiligi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2022, 08:10
23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'z nihoyasiga etmoqda.

Bugun, 19 iyun kuni musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi mezbon O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o'rtasida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

Hal qiluvchi bellashuvni qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Salmon Ahmad Falahi. Unga qanotlarda Yusuf Orif Al Shammari hamda Zahiy Snaid Alshammari yordam beradi. Uchrashuvda VAR hakami vazifasi Umar Muhammad Ahmad Hassan (BAA)ga topshirilgan.

U-23 Osiyo kubogining 3-o'rin uchun bahsida Yaponiya 3:0 hisobida Avstraliyani taslim etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia