

- Jamoa "Olimpik" bilan durang hamda kubok finaldagi mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda qanchalik tayyorgarlik ko'rdi?
- Kubokdagi mag'lubiyatdan so'ng jamoaning uyg'onishi sal qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda unchalik o'yinimiz o'xshamadi, ikkinchi bo'limga ruhiy tomonlama ko'tarilgan holda chiqib, yuzimiz yorug' bo'ldi. Endilikda "Metallurg" va AGMKga qarshi keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.
- Jamoaning jismoniy holati qanaqa?
- Jismoniy holatimiz yaxshi, lekin jarohat olganlar ko'p, shu bois ko'pchilik jarohat bilan o'ynamoqda. Kelgusi o'yinlargacha tiklanishga harakat qilamiz, dedi "Navbahor" posboni.



