O'tgan mavsumda eng ko'p mablag' ishlab olgan klub nomi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
22 sen 2020, 22:44
"Deloitte" konsalting kompaniyasi 2019/20 yilgi mavsumda eng ko'p foyda ko'rgan klublar reytingini taqdim qildi.

Unga ko'ra, 840,8 mln evro ishlab olgan holda reytingda "Barselona" yetakchilik qildi. Kuchli uchlikda "Real" va "Manchester Yunayted" kabi klublar bor.

1. "Barselona" – 840,8 mln evro;

2. "Real" – 757,3 mln;

3. "Manchester Yunayted" – 711,5 mln;

4. "Bavariya" – 660,1 mln;

5. PSJ – 635,9 mln;

6. "Manchester Siti" – 610,6 mln;

7. "Liverpul" – 604,7 mln;

8. "Tottenxem" – 521,1 mln;

9. "Chelsi" – 513,1 mln;

10. "Yuventus" – 459,7 mln.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Deloitte