Otabek Valijonov jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
19 noya 2021, 18:21
O'z vaqtida "Navbahor", "Andijon" va AGMK klublarida to'p tepgan Otabek Valijonov faoliyatini Bangladesh chempionatida davom ettirmoqda.

U o'tgan mavsum "Sheik Jamal"da to'p tepgan edi. Mavsum yakuniga ko'ra, klub OFK kubogi saralash bahslariga yo'llanma olgandi.

Yangi mavsum oldidan Valijonov "Sheik Jamal" bilan shartnomasini uzaytirgan. U jamoa sardori sifatida jamoadoshlarini maydonga olib tushmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia