Otabek Shukurov Turkiyada qolishi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
Turkiya Birinchi ligasi vakili yaqinda "Fotih Karagyumruk" jamoasini tark etgan Otabek Shukurovga qiziqmoqda.

Gap "Kojaelispor" jamoasi haqida bormoqda. 2-o'rinni egallab turgan jamoa tarkibni kuchaytirishga jiddiy kirishgan. "Kojaelispor" ustozi Ertugrul Saglam O'zbekiston MTJ yetakchilaridan biri Otabek Shukurovni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Otabek Shukurov ushbu mavsum Turkiya Superligasida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli pas uzatdi.

Ma'lumot o'rnida, "Kojaelispor" 2008 yilda Birinchi liga g'olibi bo'lgan, 1997 va 2002 yillarda Turkiya Kubogi sohibiga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ozgunkocaeli.com.tr