

Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilindi.
"Muzokaralar natijasida Otabek Shukurov bilan tuzilgan shartnoma ikki tomon kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
Unga klubimizdagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Yaqindagina ushbu klubga "Paxtakor" sobiq ustozi Shota Arveladze bosh murabbiy etib tayinlangan edi.



