

- Shaxsan men qiziqarli uchrashuv o'tishini tahmin qilyapman. “Mashal” jamoasi dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchradi. Shunday ekan, ular ijobiy natija qayd etish uchun bor kuchlarini ishga solishi tayin. Bilishimcha, raqibimiz fevral oyidan beri g'alaba qozonmay kelmoqda. Qolaversa, muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov har bir uchrashuvga alohida taktika ishlab chiqadi. “Mashal” jamoasidagi bir necha yillik faoliyatim tufayli bu klub va uning ustozi bilan o'rtamizda iliq munosabatlar saqlanib qolingan. Biroq, men endi “Bunyodkor” a'zosiman va chempionlik uchun kurashyapman. Shunday ekan, professional futbolchi sifatida “qaldirg'ochlar” g'alaba qozonishi uchun bor kuch-mahoratimni ishga solaman, - deydi Otabek Shukurov.



