Otabek Boymurodov: "Har bir raqib uchun alohida tayyorlanamiz"

Mirjalol Normatov
29 avg 2025, 01:30
O'zbekiston U23 termasi bilan Osiyo kubogi saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan Otabek Boymurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ilk navbatda Buxoro ahlini kechagi g'alaba bilan tabriklayman. Hammasi ajoyib ketmoqda. Bu yig'inda biz faqatgina g'alabalarni ko'zlayapmiz. Qattiq tayyorlanamiz, buning uchun bizda barcha sharoitlar bor.

- Rasmiy o'yinlar arafasida turibmiz. Raqiblar kuchsizroq. Murabbiylar aytganidek, raqiblarga past nazar bilan qaralsa, barchasi yomon bo'lishi mumkin.

- Yo'q. Har bir raqibga jiddiy qarash kerak. Shu sababli uchrashuvlarga alohida tayyorlanamiz. Oldimizdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak, shu sababli biz jiddiy tayyorgarlik olib boramiz.

- Termadagi darvozabonlar raqobati qanday? Siz "Buxoro"da, Nemanov esa "Dinamo"da asosiy darvozabonsiz.

- Atmosfera super. U bilan to'rt yildan buyon birga mehnat qilamiz. Edem bilan yaxshi do'stmiz. Yig'inlar yakunlanganidan keyin ham birga ko'rishib turamiz. Uchinchi darvozabon Samandar ham yaxshi yigit. O'tgan 4 yil mobaynida o'rtamizda hech qanday yomon gaplar bo'lmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia