O'smirlar o'rtasidagi JCHga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023
Bugun FIFA Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda 2023 yilda o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi JCH mezboni nomi ma'lum bo'ldi. FIFA rasmiy saytining bergan ma'lumotiga ko'ra, Indoneziya o'smirlar o'rtasidagi mundialga mezbonlik qiladi. Musobaqa 10 noyabrdan 2 dekabrgacha o'tkaziladi. Unda 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogida kuchli to'rtlikka kirsa, mundial ishtirokchisiga aylanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia