Oskar faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
5 mar 2021
Braziliyalik futbolchi hozirda “Shanxay SIPG” a'zosi hisoblanadi.

“Faoliyatimni “Chelsi”da yakunlash haqida o'ylamoqdaman, chunki eng yorqin davrim Londonda o'tgan. “Chelsi” menga ko'tarilish va orzularimni amalga oshirishda ko'maklashdi: Chempionlar Ligasi, Jahon chempionatida o'ynash va Angliya Premer-ligasida zafar quchish,

“Chelsi”da juda ko'p do'stlarim bor. Agar “Chelsi”ga qaytish va u erda faoliyatimni yakunlash imkoni tug'ilsa, unda orzum amalga oshadi. Albatta, “Chelsi” yoshi ulg'aygan futbolchilarni sotib olishni xush ko'rmaydi, bu Yevropaning eng yaxshi jamoasi uchun odatiy holatdir. Biroq, Londonga qaytish uchun bor kuchim bilan o'z formamni ushlashga harakat qilaman”, deydi Oskar.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2012-2016 yillar davomida “aristokratlar” sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TalkSport