Oskar: "Agar Kosta Xitoyga ko'chib o'tmoqchi bo'lsa, xursand bo'laman"

Aslanov Jasurbek
16 may 2017
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi, hozirgi kunda "Shanxay SIPG" sharafini himoya qilayotgan Oskar Diego Kostaning Xitoyga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Diegoga qandaydir maslahat berishim qiyin. Yagona aytishim mumkin bo'lgan narsa, Xitoydagi hayotimdan rohatlanyapman.

Muammoyim yo'q. Madaniyat menikidan farq qiladi, ammo asta-sekinlik bilan ko'nikyapman. Har bir inson nima xohlayotganini tushunishi kerak. Xitoyni tanlaganimdan afsusda emasman. Agar Kosta bu erga ko'chib o'tmoqchi bo'lsa, xursand bo'laman" - deydi Oskar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal