Osiyo o'yinlari. Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi bronza medali uchun mezbonlarga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
6 okt 2023
Bugun Osiyo o'yinlarida ayollar o'rtasidagi futbol bahslariga yakun yasaladi.

Bahslarda ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 12:00da Xanchjoudagi "Xuanglong" stadionida boshlanadi. 

Final bahsida esa KXDR vakilalari Yaponiyaga qarshi o'yin o'tkazishadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia