Osiyo o'yinlari. Bugun futbolchilarimiz bronza medali uchun o'yin o'tkazishadi

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2023
Bugun Osiyo o'yinlarida futbol bo'yicha bahslar o'z yakuniga etadi.

Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi bronza medali uchun Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 

Ushbu o'yin Xanchjoudagi "Shangcheng" stadionida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Musobaqa finalida esa Janubiy Koreya va Yaponiya o'zaro hisob-kitob qiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia