Osiyo Kubogi-2027ga mezbonlik qilish uchun takliflar muddati uzaytirildi

Alisher
2 apr 2020
2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishni istagan davlatlar uchun ariza muddatlari uzaytirildi.

Kuala Lumpur: Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) a'zo mamlakatlar uchun 2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun "takliflar" topshirish muddatini 2020 yilning 31 martidan 2020 yilning 30 iyungacha uzaytirish bo'yicha qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga COVID-19 pandemiyasini hisobga olgan holda kelindi. Qaror global muammolar sabab a'zo associaciyalarga o'z ichki jarayonlarini hal qilish uchun vaqt beradi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilgi Osiyo Kubogiga Xitoy mezbonlik qiladi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/afcasiancup