Osiyo kubogi-2027 saralashi. Turkmaniston safarda, Tojikiston o'z uyida g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2025
Bugun, 25 mart kuni Osiyoda 2027 yilgi qita chempionati saralashi 3-bosqichi start oldi.

Bu bosqichda JCH-2026 saralashining hozirgi bosqichiga chiqa olmagan jami 24 terma jamoa 6 ta guruhda 6 ta yo'llanma uchun kurash olib boradi. Yani faqat guruh g'oliblarigina Osiyo kubogiga chiqadi.

Turkmaniston saralashni safarda Xitoy Taypeiga qarshi bahs bilan boshladi. Elman Tagaev hisobni ochdi, bunga mezbonlar Kuamening goli bilan javob berishdi. Uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganida Yazqilich Gurbanovning goli Turkmanistonga safardagi muhim g'alabani keltirdi - 2:1. Ushbu guruhdan o'rin olgan Tailand - Shri Lanka uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlandi.


25 mar 2025, 15:30
Chinese Taipei — Turkmenistan
1 – 2
Tugadi


25 mar 2025, 17:30
Thailand — Sri Lanka
1 – 0
Tugadi



Tojikiston esa o'z maydonida Timor Lesteni qabul qildi va 3-daqiqada Vahdat Xanonov tomonidan urilgan gol evaziga 3 ochkoga ega chiqdi - 1:0. Tojikiston safida o'zbek klublarida o'ynayotgan Zoir Jo'raboev, Ehsoni Panshanbe, Manuchehr Safarov va Shahrom Samiev kabi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Guruhning ikkinchi o'yinida Filippin o'z maydonida Maldiv orollarini 4:1 hisobida taslim qildi.


25 mar 2025, 16:00
Tajikistan — East Timor
1 – 0
Tugadi


25 mar 2025, 16:00
Philippines — Maldives
4 – 1
Tugadi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia