Osiyo Kubogi-2027 saralash. Tojikistonda durang, Turkmanistonda g'alaba

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2025
Kecha, 10 iyun kuni qitamizda Osiyo Kubogiga saralash davom ettirildi.

Ma'lumot uchun, 2027 yilgi Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va 24ta terma jamoa qatnashadi.

A guruhi. 1-tur. 25 mart

Tojikiston - Sharqiy Timor 1:0
Filippiin - Maldiv 4:1

2-tur. 10 iyun
Sharqiy Timor - Maldiv 1:0
Filippin - Tojikiston 2:2

B guruhi. 1-tur. 25 mart
Butan - Yaman 0:0
Livan - Bruney 5:0

2-tur. 10 iyun
Bruney - Butan 2:1
Yaman - Livan 0:0

C guruhi. 1-tur. 25 mart

Singapur - Gonkong 0:0
Hindiston - Bangladesh 0:0

2-tur. 10 iyun
Gonkong - Hindiston 1:0
Bangladesh - Singapur 1:2

D guruhi. 1-tur. 25 mart
Xitoy Taypeyi - Turkmaniston 1:2
Tailand - Shri Lanka 1:0

2-tur. 10 iyun
Shri Lanka - Xitoy Taypeyi 3:1
Turkmaniston - Tailand 3:1

E guruhi. 1-tur. 25 mart
Myanma - Afg'oniston 2:1
Suriya - Pokiston 2:0

2-tur. 10 iyun
Myanma - Pokiston 1:0
Afg'oniston - Suriya 0:1

F guruhi. 1-tur. 25 mart
Vetnam - Laos 5:0
Malayziya - Nepal 2:0

2-tur. 10 iyun

Laos - Nepal 2:1
Malayziya - Vetnam 4:0

Albatta, bu musobaqada qo'shnilarimiz ishtiroki qiziq. Tojikiston terma jamoasi safarda Filippin bilan 2:2 o'ynadi. Ikkita o'yindan so'ng tojiklar 4 ochko to'plab ikkinchi o'rinda borishyapti, guruh peshqadami Filippinda ham 4 ochkor bor, faqat ularda to'plar nisbati yaxshiroq.

Yana bir qo'shnimiz Turkmaniston terma jamoasi o'z maydonida Tailandni qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. Natijada turkmanlar 6 ochko bilan guruh yetakchisiga aylanib olishdi. Bu turda Suriya termasi ham zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Yagona gol suriyaliklar to'purari Omar Al Soma tomonidan kiritildi.

Ma'lumot uchun, Osiyo Kubogining ushbu saralash bosqichida 24ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Reglamentga ko'ra, har bir guruhdan faqat bitta jamoa qita birinchiligiga yo'l oladi. Shu bois ham bitta o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi.

Osiyo Kubogiga mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari yana 17ta terma jamoa chiqib bo'lgan. Bular - Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.

Qolgan 6ta yo'llanma uchun kurash kelasi yilning 31 mart sanasiga qadar davom etadi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi. 2-turdan so'ng o'z guruhlarida peshqadamlik qilayotgan jamoalar: Filippin, Livan, Singapur, Turkmaniston, Suriya, Malayziya.

P.S. 3-tur o'yinlari 9 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

X.Xoliqov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia