

Osiyoning eng kuchli 24 terma jamoasi Osiyo futbolidagi eng nufuzli sovrin uchun kurashadi. 18-marta tashkil qilinayotgan musobaqaga ko'proq muxlislarni jalb qilish maqsadida ochilish o'yini juma kunga belgilandi.

Shu bilan birga, OFK va Tashkiliy qo'mita ham uzoq kutilgan turnir 8 ta stadionda ("Al Bayt", "Halifa", "Al Tumama", "Edyukeyshn Siti", "Al Janub", "Ahmad bin Ali", "Al Sadd", "Al Duhayl") bo'lib o'tishini e'lon qildi. Ulardan oltitasi JCH-2022 o'tkazilgan o'yingohlardir..
OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa shunday dedi:
"Mahalliy Tashkiliy Qo'mita va Qatar Futbol Associaciyasi hali Osiyo futboli tarixida kuzatilmagan tomosha ko'rsatadi".
Ushbu musobaqaga 11 may kuni qur'a tashlanadi. Qur'a jarayonida terma jamoalar o'sha paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi. Shundan kelib chiqib, O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi savatchada bo'ladi.



