Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi uchun to'rt mamlakat ariza berdi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) OFKga a'zo to'rtta associaciyadan Osiyo Kubogi–2023 final bosqichini o'tkazish istagida yuborgan bildirishnomalarini qabul qildi.

Unga ko'ra, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar mamlakatlari kelgusi yil o'tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqani qabul qilishga tayyor. 

Mazkur tenderga hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati 2022 yilning 31 avgustigacha etib belgilangan.

Shundan so'ng  OFK mamuriyati tomonidan takliflarning umumiy muhokamasi o'tkaziladi va 17 oktyabr kuni OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan 24 jamoa ishtirokidagi musobaqa mezboni e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston uchinchi saralash bosqichi orqali turnir yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Осиё Футбол Конфедерацияси