Osiyo kubogi-2019ga qur'a tashlandi. Barcha guruhlar bilan tanishing

Narzulla Saydullayev
4 may 2018
Keyingi yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Dubayda bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimida O'zbekiston terma jamoasi F guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari ham o'rin olishdi. Eslatib o'tamiz, guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga chiqishadi. Shuningdek 3-o'rinni olganlar orasida eng yaxshi natijaga ega 4ta jamoa ham nimchorak finalga yo'l oladi.


A guruhi - BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn

B guruhi - Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya

C guruhi - Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg'iziston, Filippin

D guruhi - Eron, Iroq, Vetnam, Yaman 

E guruhi - Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR 

F guruhi - Yaponiya, O'ZBEKISTON, Ummon, Turkmaniston



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia