Osiyo Kubogi-2019. Safar oldidan O'zbekiston terma jamoasi har bir futbolchisiga bayroq taqdim etildi VIDEO
Narzulla Saydullayev
2 yanv 2019
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun BAA mamlakatiga uchib ketdi.
Safar oldidan Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi bir guruh muxlislar O'zbekiston terma jamoasining har bir futbolchisiga Vatanimiz bayrog'ini taqdim etishdi. Endi futbolchilar musobaqa davomida Vatan shukuhini his qilib turishadi.