Osiyo Kubogi-2015. Dastlabki gol muallifi - Hussayin Fadhel

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2015
Avstraliya va Quvayt o'rtasidagi o'yida musobaqaning dastlabki goli urildi.
Quvaytlik himoyachi Hussayin Fadhel 8-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi. Aynan u Avstraliyadagi qita chempionatidagi ilk gol muallifi sifatida tarixda qoladi.

Qizig'i 19-daqiqada aynan Fadhel musobaqadagi ilk sariq kartochkaga "sazovor bo'ldi".

Eslatib o'tamiz, 2011 yilgi Osiyo Kubogidagi ilk golni O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Qatar darvozasiga urgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia