Osiyo futboli. Vilmots baribir shartnoma imzoladi

Xayrulla Xoliqov
24 may 2019
Belgiyalik murabbiy Mark Vilmotsning Eronga kelgani, biroq shartnoma tuzmasdan ortga qaytib ketgani haqida xabar bergandik.

Lekin kecha Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Taj Bryusselda Vilmots bilan uchrashib, tomonlar kelishib olishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib Mark Vilmots rasman Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

Ma'lum bo'lishicha, Eron FF yangi murabbiy uchun yiliga 1,2 million dollar pul to'lab beradi. 50 yoshli mutaxassis bilan JCH-2022 oxirigacha shartnoma tuzildi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com