

Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan bir necha bosqichli o'quv kurslarida Konfederatsiyaga a'zo mamlakatlar federatsiyalari vakillari, mahalliy ligada faoliyat ko'rsatadigan hodimlar, Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogining keyingi yilgi mavsumida ishtirok etadigan klublar vakillari ishtirok etdi.
Shu qatorda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda O'zPFL vakillari musobaqani tashkiliy masalalar, marketing, matbuot bilan ishlash, tibbiy masalalar bo'yicha seminarlarda ishtirok etdi. Shuningdek, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” hamda “Nasaf” vakillari ham maxsus kurslar va qur'a tashlash marosimida qatnashishdi va kelasi yili ushbu musobaqalarda ish olib borish uchun zarur bo'lgan maxsus sertifikatlarga ega bo'lishdi.



