Osiyo chempionati (U-16). O'zbekiston, Quvayt, KXDR va Nepal

Narzulla Saydullayev
6 apr 2014, 12:22
Shu yilning sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "C guruhidan o'rin olishdi. O'smirlarimizga Quvayt, KXDR va Nepal jamoalari raqiblik qilishadi.

"A" guruhi: Tailand, Janubiy Koreya, Ummon, Malayziya
"B" guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Gonkong
"S" guruhi: O'zbekiston, Quvayt, KXDR, Nepal
"D" guruhi: Eron, Suriya, Saudiya Arabistoni, Qatar

Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia