

Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Nigeriya milliy jamoasi forvardi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda (2:2) sonidan jarohat olgan. Tekshiruvlardan keyin nigeriyalik goleadorning jarohatidan tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt talab etilishi ma'lum qilingan. U 29 oktyabr kuni o'tadigan Milanga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Osimhen joriy mavsum A Seriyadagi 8 o'yinda 6ta golga mualliflik qilgan.



