Toshkent shahrida joylashgan Respublika oliy sport mahorati maktabida FIFAning Elite Youth o'quv seminari bo'lib o'tmoqda

Alisher
18 yanv 2021, 16:14
Joriy yilning 18-22 yanvar kunlari Toshkent shahrida joylashgan Respublika oliy sport mahorati maktabida FIFAning Elite Youth o'quv seminari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu seminarda Respublikamizning barcha xududlaridan kelgan 30 nafar murabbiylar qatnashmoqda. FIFAning Elite Youth dasturi bolalar va o'smirlarni professional futbolchi darajasiga tayyorlashni nazarda tutadi, shu sababli mazkur o'quv seminarga tajribali va malakali bolalar-o'smirlar futboli murabbiylari jalb qilingan.

Ushbu kursni FIFA instruktori Islom Axmedov olib bormoqda va unga Yuriy Arslanov assistentlik qilmoqda. Koordinator Umid Xatamov.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz