O'Shi Ronaldu haqida: "Venger va "Arsenal" uni xohlagandi, ammo MYU "Sporting" bilan o'yinda u nimaga qodirligini ko'rdi"

Aslanov Jasurbek
14 dek 2024
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Jon O'Shi "Arsenal" Krishtianu Ronalduni xarid qilishga urinib ko'rgani haqida gapirib berdi.

"Arsen Verger va "Arsenal" Ronalduga katta qiziqish bildirishgan va ular deyarli kelishib olishgan edi.

Ammo keyin biz uning mahoratini ko'rdik ("Sporting" hamda MYU o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida) va biz Krishtianuni ilib ketishimiz ma'lum bo'ldi.

U MYUdan ketganidan so'ng kamida yana 2-3 yil barqaror o'yin ko'rsatishiga ishonchim komil edi.

"Sporting"ga qarshi bahs xotiramdan o'chmaydi. Futbolchilar birinchi marta zaxirada ekanligidan xursand edi. Bu Ronaldu tufayli emas, Amerikadan qaytishimiz bilan tanaffussiz maydonga tushgandik. Biroq Krishtianu nimaga qodirligini guvohi bo'lganmiz" - dedi O'Shi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal