

Xabarlarga ko'ra, "Navbahor" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. O'runov ushbu klub safida 2017-2019 yillarda o'ynagan.
O'runov “Navbahor” OCHLga yo'l olsa, klub safiga qo'shilmoqchi. Shu bois futbolchi qaror qabul qilishdan oldin mavsum oxirigacha kutmoqchi.
“Navbahor” ayni damda Coca Cola Superligasida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionat yakunlanishiga esa uch tur qoldi.
O'runov "Ural" safida bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazganidan so'ng jamoani tark etdi. Match TV xabariga ko'ra, shartnomaning bekor qilinishiga bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan kelishmovchilik sabab bo'lgan.



