O'rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" - "Yozyovon" 4:0

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2018, 08:22
Kecha To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida Namanganning “Navbahor” va Pro-liga vakili Yozyovonning “Yozyovon” jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Unda tajriba o'z so'zini aytib, “lochinlar” yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Takidlash joizki, bahsning birinchi bo'limidayoq namanganliklar  hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'yishgandi. Gollarga Azamat Allaniyozov, Sardor Sulaymonov, Mirzohid G'ofurov va Nenad Inyac mualliflik qilishdi.

Aytish joizki, ushbu uchrashuvda “lochinlar” ustozi Ilhom Mo'minjonov bir  qator yosh futbolchilarni ham maydonga tushirib, ularning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi.
Superliga 15-turi doirasidagi 10 iyun kuni  “Qo'qon-1912” klubiga qarshi o'tkaziladigan bo'lajak “vodiy derbisi” oldidan "lochinlar" mazkur yirik hisobdagi g'alaba bilan o'z kayfiyatlarini ancha ko'tarib olishdi.  

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати