O'rtoqlik o'yinlari. Yaponiya Ganani yirik hisobda engdi, J.Koreya esa Paragvay bilan jangovar durang o'ynadi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2022
Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari doirasida Osiyo grandlari kuchli raqiblarga qarshi bahs olib borishdi.

Yaponiya terma jamoasi Kobedagi “Noevir” stadionida Ganani qabul qilib, 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Mezbonlar safida Miki Yamane, Kaoru Mitoma, Takefusa Kubo va Daidzen Maeda gol urgan bo'lsa, raqiblardan Jordan Ayyu javob to'pini kiritdi.

J.Koreya esa Suvondagi maydonida Paragvay bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda avvaliga mehmonlar Migel Almironning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgandi. Ammo koreyaliklar vaziyatni o'nglab, Son Xyon Min va Chon U Yonning gollari evaziga muvozanatni tiklashdi – 2:2!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia