O'rtoqlik o'yinlari. "Milan" "Vichenca"ni tor-mor etdi, "Roma" "Frozinone"ni dog'da qoldirdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2020
Italyan klublari 2020/21 yilgi mavsum oldidan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda.

Bugun Italiyaning taniqli jamoalari "Milan" va "Roma" sinov-nazorat bahslarida ishtirok etdilar.

 O'rtoqlik uchrashuvlari

"Milan"  - "Vichenca" 5:1 

Gollar: 1:0 – 11' Kastilexo, 2:0 – 23' Kolombo, 3:0 – 30' Kastilexo, 3:1 – 55' Guerra, 4:1 – 75' Dias,  5:1 – 90+2’ Stanga.

"Frozinone"  - "Roma" 1:4 

Gollar: 0:1 – 14' Karsdorp, 0:2 – 17' Under, 0:3 – 35' Pellegrini, 0:4 – 45' Mxitaryan, 1:4 – 55' Dionizi. 

Eslatib o'tamiz, A Seriya yangi mavsumi 19 sentyabrda start oladi. Shu kuni "Roma" "Verona" mehmoni bo'lsa,  "Milan" 21 sentyabr kuni o'z maydonida "Bolonya"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia