O'rtoqlik o'yini. Rossiya penalti evaziga Bolgariyani mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2021
Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari doirasida Rossiya TJ Moskvada Bolgariyaga qarshi bahs o'tkazdi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Aleksandr Sobolev tomonidan penaltidan kiritilgan gol, maydon egalariga minima g'alaba taqdim etdi – 1:0. 

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 guruh bosqichida Stanislav Cherchesov shogirdlariga Belgiya, Finlyandiya va Daniya raqiblik qiladi.

Rossiya – Bolgariya 1:0 (0:0, 1:0)

"VTB Arena"

Gol: 1:0 – 84, penalti Sobolev.

Rossiya – Shunin, Karavaev (Fernandes, 72), Jirkov (Miranchuk, 78), Jikiya, Semenov, Barinov (Diveev, 51), Ozdoev, Golovin (Mostovoy, 62), Zobnin, Ionov (Kuzyaev, 46), Dzyuba (Sobolev, 58).

Bolgariya – Karajov (Georgiev, 46), Xristov, Xristov, Antov, Malinov (Vitanov, 9), Cvetanov, Yankov (Vutov, 62), Chochev (Minchev, 88), Despodov, Galabinov (Iliev, 58), Karagaren (Turicov, 78).

Ogohlantirishlar: Sobolev (87), Jikiya (90).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia