O'rtoqlik o'yini. "Neftchi" RPL jamoasi bilan jangovar durang qayd etdi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 15:02
Antaliyada yig'in o'tkazayotgan Farg'ona klubi o'rtoqlik o'yini doirasida RPL vakili "Sochi" bilan to'qnash keldi.

Uchrashuvda jangovar durang kuzatildi – 2:2. 

Halqaro nazorat uchrashuvi

"Neftchi" – "Sochi" 2:2

Gollar: Jasur Jaloliddinov 5', Behruz Obloqulov 80' – Saul 62', Zaika 85'

"Neftchi": Botirali Ergashev, Zoir Jo'raboev, Anvar G'ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Mirzohid G'ofurov, Abbos G'ulomov, Javohir Qahramonov, Ketelin Karp, Jasur Jaloliddinov, Mixay Roman, Husayn Norchaev.

Zaxiradan tushganlar: Behruz Obloqulov, Bilolxon Toshmirzaev, Diyor Turopov, Doniyor Valiev, G'ulom Haydar Gulyamov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Shohruz Norxonov, Manuchehr Safarov va Xurshid Muxtorov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати