O'rtoqlik o'yini. Janubiy Koreya "Sent Jeyms Park"da Saudiya Arabistonidan ustun keldi

Mirjalol Normatov
13 sen 2023
Bugun Angliyadagi "Sent Jeyms Park" stadionida Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya termalari o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Unda koreyslarning kichik hisobdagi g'alabasi kuzatildi.

Saudiya Arabistoni - Janubiy Koreya 0:1

Gol: Cho Gue-Sung (32).

Saudiya Arabistoni - Muhammad al-Ovays, Yosir al-Shaxroni (Sulton al-Gannam, 78), Ali al-Bulayhi, Hassan Tambakti (Abdulelah al-Amri, 76), Saud Abdulhamid (Ahmad Bamasud, 65), Salim al-Davsari, Muhammad Kanno, Nosir al-Davsari (Abdulaziz al-Bishi, 78), Abdulloh al-Haybari (Abdulloh Hazzazi, 65), Abdulrahmon G'arib (Faris al-Brikan, 46), Abdulloh al-Hamdan.

Janubiy Koreya - Kim Seung-Gyu, Li Ki-Je, Jung Seung-Xyun, Kim Min-Jae, Seol Yung-Vu, Li Jae-Sung (Kang Sang-Vu, 77), Park Yung-Vu, Xvang In-Beom, Son Xen-Min, Xvang Xi-Chan (Xvang Ui-Jo, 68), Cho Gue-Sung (Mun Seon-Min, 69).

Qayd etish kerak, Saudiya Arabistoni termasi yangi bosh murabbiy Roberto Manchini qo'l ostidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham mag'lub bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia