

Issiqko'ldagi navbatdagi bahsda ham Vadim Abramov shogirdlari Qirg'iziston chempionati vakili OshMU Aldier jamoasiga qarshi saf tortdi. O'yinda Kojo Joel tomonidan kiritilgan yagona gol Dinamoga g'alaba keltirdi.
"Dinamo"ning qo'shni mamlakatdagi yig'ini 22 iyulgacha davom etadi.
O'rtoqlik uchrashuvi. Issiqko'l.
19 iyul (juma)
"OshMU Aldier" (Qirg'iziston) – "Dinamo" - 0:1
Gol: Kojo Joel, 44.
"Dinamo": R.Yagudin (F.Rahmatov), D.Miyich, S.Mustafoev, Ismoil Sanogo (Muhammadali Tursunov), U.Abdullaev (Sherzod Qodirov), F.Narx (V.Oqbo'taev), A.Muydinov (X.Xalilov), H.Iminov, S.Shoahmedov (D.Temirov), A.Hojimirzaev (K.Sharofutdinov), K.Joel.



