

Jamoa boshqaruv postiga Quvvat To'reev kelgach, har yilgiga nisbatan e'tibor ham ijobiy tomonga o'zgargan. Nukusliklar bu yil o'z tarkibiga mahalliy futbolchilar sanalgan Damir Nizanov, Navro'z Alimov, Azamat Bobojonov hamda Navro'z Haipovni qo'shib olish bilan o'ziga xos kuchayish qildi.
Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Jamoaning yashash tarzi va ovqatlanishi bo'yicha hozircha muammo yo'q. Ma'lumki, Orol yangicha formatda tashkil etilayotgan Pro-liganing B guruhidan o'rin olgan. Nukusliklar 6 aprel kuni chempionatning ilk turini o'z maydonida Farg'onaning Istiqlol jamoasiga qarshi o'tkazadi.




