Origi: "Napoli" – zo'r jamoa, biroq "Milan" ham yaxshi"

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022
"Milan" hujumchisi Divok Origi A Seriyada birinchi o'rin uchun "Napoli" bilan kechayotgan kurash haqida gapirdi.

"Biz A Seriyadagi raqobat juda yuqori darajada ekanligini bilamiz. "Napoli" – zo'r jamoa, biroq "Milan" ham juda yaxshi – bu futbolning go'zalligi. Siz eng yaxshilar bilan raqobatlashish uchun maydonga chiqasiz, chaqiriqlarni qabul qilasiz va jamoaga imkon qadar ko'proq ochko to'plashga yordam berasiz. Ko'ramiz, hammasi qanday tugarkan", – dedi belgiyalik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN