Origi "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yin haqida nabiralariga aytib bermoqchi

Yevropa ligasi chorak final doirasidagi "Liverpul" - "Borussiya" (4:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Divok Origi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bu o'yin haqida kelajakda bolalarimiz va nabiralarimizga aytib bersak bo'ladi. Shunchaki g'ayri-tabiiy o'yin guvohiga aylandik. Birinchi golni urganimizdan so'ng bu kun biz uchun o'zgacha bo'lishini his etgandik", - deydi Origi.

Eslatib o'tamiz, Dortmund darvozasiga kiritgan dastlabki golni aynan Origi urdi.


Manba: sports.ru