“Ordabasi” muxlislari shahar mamuriyatiga boykot e'lon qilishdi

Оқил Абдубарноев
10 may 2024
Ular klub prezidentining iste'fosidan norozi.

Qozog'iston kubogi doirasida Chimkentda bo'lib o'tgan “Ordabasi” – “Aktobe” o'yinida janjal kelib chiqdi.

O'yin davomida “Ordabasi” muxlislari boykot e'lon qilib, stadionni tark etishdi. Chunki klub prezidenti Baurjan Abdubaitov yaqinda iste'foga chiqqandi. Muxlislar klub tarixidagi eng titulli rahbarning ketishiga qarshi. Ularning fikricha, Baurjon To'yshibequli o'z ixtiyori bilan lavozimini tark etmagan.

Stadionda Chimkent hokimi o'rinbosari Sarsen Kuranbekning nomini aytib baqirganlar ko'p edi. S.Quranbek “Ordabasi” futbol klubi direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.

Tanaffus vaqtida muxlislar qarshisiga Baurjan Abdubaitovning o'zi chiqdi. U muxlislardan xotirjam bo'lishni so'radi.

Avvalroq “Ordabasi” klubi prezidenti iste'foga chiqqani haqida xabar berilgandi. Klub rasmiy bayonotida u sog'lig'i sababli o'z lavozimini bo'shatgani aytilgan.

Abdubaitov Chimkent jamoasi rahbariyatiga 2022 yilning boshida kelgandi. Ikki yil ichida u klub bilan Qozog'iston kubogi va Qozog'iston chempionatida g'olib chiqdi. Hozirda klub safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 1bol.kz