

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 23 aprel, seshanba kuni “Ordabasi” klubi mashg'ulotlar maydoniga bir nechta mashina yetib keldi, ular klub futbolchilari va murabbiylariga kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lishgan.
Noma'lum shaxslarning boshlig'i o'zini Shimkent hokimining otasi deb tanishtirgan. Uning atrofida bir nechta barzangi yigitlar, shuningdek, o'zlarini oddiy muxlislar deb ataydigan keksalar bo'lgan.
Mashg'ulotlarni tomosha qilgan shaxslar jamoaga, birinchi navbatda, bosh murabbiy Aleksandr Sednevga nisbatan qo'pol so'zlar ishlatgan.
Jumladan, afrikalik legioner o'zini hokimning otasi deb atagan kishi tomonidan irqiy sabablarga ko'ra haqoratlangan.
Chaqirilmagan mehmonlar o'zlarini juda shafqatsiz tutishgan. Ularning barcha harakatlari yozib olingan va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinishi aytilmoqda.
Keyinchalik klub rahbariyati esa bosh murabbiy Sednevga ishonishda davom etishini ma'lum qildi. Voqea tafsilotlari o'rganilmoqda.
Avvalroq "Ordabasi" rahbariyati klubga muxlislik qilmoqchi bo'lgan blogerlarni o'yinga kiritmagani haqida xabar berilgandi.



