

“Oq-tepa” bazasida o'tkazilgan seminarni tajribali hakam Vladislav Seytlin olib bordi. Futbolchi va murabbiylarga o'yin qoidalaridagi o'zgarishlar hamda uchrashuv davomida yuzaga keladigan holatlar video lavhalar orqali tushuntirildi. Savol-javoblarga aylanib ketgan seminar ancha foydali bo'ldi deyish mumkin. Shu tariqa yangi mavsum oldidan jamoamiz a'zolari o'yin qoidalaridagi o'zgarishlar bilan tanishib olishdi.



