"Oq-tepa": Magdeev mashg'ulotlarni boshladi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2014
"Oq-tepa"ning tajribali o'yinchisi Ildar Magdeev mashg'ulotlarni boshladi.
O'zbekiston Kubogining “NBU-Osiyo” klubigaqarshi o'tkazilgan saralash bahsida eski jarohati bezovta qilgani uchun maydonnierta tark etib, O'zbekiston Birinchiligi o'yinlarida maydonga tushmagan yarimhimoyachi bugundan mashg'ulotlarga kirishdi. Umid qilamizki, ortda qolgan muddatdavomida sonidagi jarohatini davolatish bilan band bo'lgan Magdeev tez oradaformasini tiklab, yana “Oq-tepa”ning g'alabalariga o'z hissasini qo'shadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz