“Oq-tepa”ning bugungi raqibi oliy liga vakili “Buxoro” bo'ldi. Edgar Gess mazkur bellashuvda asosiy tarkib futbolchilarini sinovdan o'tkazdi. Shunga mos ravishda Aleksandr Mochinov ham yangi mavsumni jamoamizda boshlashi deyarli aniq bo'lgan o'yinchilarni maydonga tushirdi. Uchrashuv ancha qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechdi.
Garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa-da, ikkala jamoa a'zolari ham ilk daqiqalardanoq g'alaba uchun harakat qilishdi. Hisob vakillarimiz tomonidan ochildi. Sobir Usmonxo'jaev 3-daqiqadan belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, “Oq-tepa”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 11 daqiqa o'tib, iqtidorli hujumchi Alisher Shog'ulomov 20 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo'llab, hisobni 2:0ga etkazdi. 20-daqiqada Nodir Jo'raev hisobni qisqartirdi – 2:1. Ammo yutuq uchun astoydil harakat qilgan futbolchilarimiz tanaffusga 3:1 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishdi. Jamoamizning uchinchi goliga Xurshid Yo'ldoshev mualliflik qildi.
Ikkinchi bo'lim ham xuddi birinchisi kabi kurashlarga boy tarzda o'tdi. Faqat bu safar darvozalar bir marta ishg'ol etildi. 50-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Evgeniy Kochnev belgilangan penaltini golga aylantirib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. Qolgan daqiqalarda futbolchilar xarchand urinishmasin darvozalarni ishg'ol qila olishmadi. Shu tariqa oliy liga vakili ishonchli tarzda “taslim” etildi.
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” - “BUXORO” – 3:2 (3:1)
4 mart. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev.
“Oq-tepa”: Ilhom Jumanov (Shohruh Eshbo'taev, 46), Nodir Teshaboev, Doniyor Usmonov, Nodir Sadullaev, Said Topilov, Zafar Qoraqulov, Nikita Pavlenko (Farrux Sadullaev, 60), Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich (Farrux Zikriyaev, 70), Sobir Usmonxo'jaev (Zokir Mirzaahmedov, 61), Alisher Shog'ulomov (Umid Zayniddinov, 70), Maruf Ahmadjonov (Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich, 46).
“Buxoro”: Aleksandr Korneychuk, Ilya Ilin, Shavkat Raimqulov, Pasha Tyulkin, Nodir Jo'raev, Andrey Akopyanc, Suhrob Ne'matov, Feruz Boboqulov, Predrag Vuyovich, Shukur Jumaboev, Ravshan Arslonov.
Zaxiradan tushganlar: Farrux Turdialiev, Sherzod Sharipov, Aziz G'ulomxo'jaev, Evgeniy Kochnev, Jamol Ubaydullaev, Umrillo Ramazonov, Elyor Akbarov.
Gollar: Sobir Usmonxo'jaev, 3-penaltidan – 1:0. Alisher Shog'ulomov, 14 – 2:0. Nodir Jo'raev, 20 – 2:1. Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, 34 – 3:1. Evgeniy Kochnev, 50-penaltidan – 3:2.