Onana MYUning "Nyukasl"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan. Unga dam berildi

Alisher Ostonov
13 apr 2025, 14:22
Andre Onana "Manchester Yunayted"ning "Nyukasl"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Kamerunlik darvozabonga dam berildi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi chorak final dastlabki o'yinida "Lion"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Mankunianliklar darvozaboni Onananing xatolari 25 va 95-daqiqalarda raqibning gollariga sabab bo'ldi.

MYU va "Nyukasl" o'rtasidagi uchrashuv bugun bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: nytimes.com