Onana bu ko'rsatkich bo'yicha Premer-Liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2025
"Manchester Yunayted" kiperi Andre Onana ehtimoliy gollarni qaytarish bo'yicha APLning eng yaxshi darvozaboni.

Ikki mavsum davomida "qizil iblislar" golkiperi APL doirasidagi o'yinlarda 104,5 ta gol o'tkazib yuborishi kerak edi, lekin u 97 ta gol o'tkazib yubordi. Bunday ko'rsatkich "Opta Sports"ning ehtimoliy gollar bo'yicha modelidan kelib chiqdi.

Angliya chempionatida bu borada faqatgina "Everton" darvozaboni Jordan Pikford yaxshiroq ko'rsatkich bilan maqtana oladi: u ehtimoliy 8,7 golni oldini olishga muvaffaq bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta