

Mazkur bahsni Ilgiz Tantashev boshqarishi e'lon qilingan edi. Shu tufayli 37 yoshli referining joriy mavsumdagi statistikasiga e'tibor qaratamiz.
Qattiqqo'l
Ushbu hakam Superliganing joriy mavsumida eng qattiqqo'l arbitr bo'lib turibdi. U o'zi ishlagan 5 o'yinda cho'ntagidan 32 bor sariq, 1 marta qizil kartochkani chiqargan. 1 o'yinda kartochka ko'rsatish bo'yicha rekord ham hozircha buxorolik referiga tegishli bo'lib turibdi. U 5 may kuni o'tkazilgan "Andijon" 1:2 "Qo'qon-1912" o'yinida futbolchilarni 9 bor jazolagan.

Shundan kelib chiqsak, bugungi o'yin ham sariq rangli kartochkalarga boy bo'lsa kerak.
5 o'yin - 5 penalti
Yana shuni takidlash kerakki, Tantashev o'zi ishlagan o'yinlarning barchasida 11 metrlik nuqtaga ishora qilyapti. Ko'ramiz, bu anana Olmaliqda ham davo m etadimi.

AGMK ishtirokidagi 1-o'yin
Ilgiz Tantashev joriy mavsum "Bunyodkor" ishtirokidagi 2 ta o'yinni boshqargan. Ulardan birida "qaldirg'ochlar" "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa (2-tur, 1:0), ikkinchisida "So'g'diyona" bilan durangga rozi bo'lgan (5-tur, 2:2). Bugungi bahs buxorolik referi uchun joriy mavsumda AGMK ishtirokidagi birinchisi bo'ladi.

Ma'lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:50da start oladi.
Coca-Cola Superliga. 8-tur
14 may, juma
AGMK – BUNYODKOR
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynulin, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Operator: Sherali Jonaliev
Texnik mutaxassis: Muhitdin Qambarov
Komissar: Shohruh Said.




