"Olmaliq" - "Vorskla" (Ukraina) 0:2

Narzulla Saydullayev
1 mar 2014
Bugun "Olmaliq" Turkiyada davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.
Yig'inning so'nggi kunida jamoamiz avval xabar berib o'tganimizdek, Ukraina oliy ligasi vakili "Vorskla" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Birinchi taymda murosaga kelgan jamoamiz, ikkinchi taymda o'z darvozasidan ikki marta to'p o'tkazib yubordi. Bu bahsda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.

"Olmaliq"
: Maqsatmurod Shomurodov, Obid Jo'raboev, Aleksandr Alempievich, Darko Stanoevich, Abduqahhor Hojiakbarov, Iqbol Akramov, Shaker Zaugi, Doston Abdurahmonov, Dilyaver Abibullaev, Zohir Pirimov, Sherzod Hakimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Shoahmedov, Diyorjon Turopov, Zafar Polvonov, Suxrob Berdiev.

Shavkat Mullajonov terma jamoa ixtiyoriga yetib kelgan bo'lsa, Timur Kagirov, Sarvarbek Jo'raev, Umid Xonimqulov, Nikita Shkvirin bu o'yinda zaxirada qoldi. Azamat Isroilov kichik jarohat sabab o'yinni o'tkazib yubordi.

Jamoamiz a'zolari ertaga kechki payt Istanbul-Toshkent yo'nalishida yurtimizga qaytib keladi.

Rejaga ko'ra 8 mart kuni Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz