Igor Shkvirin, Olmaliq bosh murabbiyi: Bu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlar har doim derbiga mos shiddatli va gollarga boy tarzda o'tadi. Bugun ham shunga guvoh bo'ldik. Gol o'tkazib yuborilgach, o'yinni o'zgartirishga va hisobni o'z foydamizga o'zgartira oldik. Umuman olganda bugun jamoamiz tarkib borasida juda ko'plab yo'qotishlar girdobida qolgandi. Doston Abdurahmonov, Obid Jo'raboev, Maqsatmurot Shomurodovlarda diskvalifikaciya bo'lsa, Azamat Isroilov, Bahrom Yuldashev va Timur Kagirovlarda jarohat bor edi. Keyingi o'yinlarda tarkib to'liq bo'lishidan umidvormiz.
Rustam Mirsodiqov, Metallurg bosh murabbiyi: Jamoamiz tarkibida ko'plab yosh futbolchilar to'p surmoqda. Ularning ayni paytdagi o'yinidan qoniqish hosil qilyapman. Natija ijobiy bo'lmayotganligiga yoshlarda tajriba yo'qligi sabab bo'lmoqda. Buxoroda ham, bu yerda ham hisobni biz ochsak-da, g'alabani ushlab qola olmadik. Jamoamiz oldiga har doim chiroyli o'yin ko'rsatib, bekobodlik muxlislarni xursand qilish vazifasi yuklangan. Keyingi o'yinlarda yaxshi o'yin namoyish etib, ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz.