2010-2011 yillar "Olmaliq" tarkibida to'p surgan himoyachi Abduqahhor Hojiakbarov yangi mavsumda yana "Olmaliq" sharafini himoya etadi. Shuningdek, o'tgan mavsum "NBU-Osiyo" safida o'ynagan darvozabon Abror Karimov ham mashg'ulotlarga qo'shilgan. Kecha Turkmanistondan kelib mashg'ulotlarda qatnashgan Arslonmurod Omonov jamoani tark etdi. Ertaga jamoa tarkibiga himoyachi Darko Stanoevich va uning ikki hamyurti Aleksandr Alimpievich va Vladimir Radivoevichlar qo'shilishi kutilmoqda.
"Olmaliq" 14 yanvar kuni "Paxtakor" bilan nazorat o'yini o'tkazgach, futbolchilarga ikki kunlik tatil beriladi. 17 yanvardan mashg'ulotlar Olmaliqda davom ettiriladi. Rejaga ko'ra jamoamiz bir qator nazorat o'yinlari o'tkazadi. 21 yanvarda Farg'onaning "Neftchi", 25 yanvar kuni Muborakning "Mashal", 30 yanvar kuni Samarqandning "Dinamo", 3 fevral kuni Buxoroning "Buxoro" va 7 fevral kuni Bekobodning "Metallurg" jamoalari sparring raqib vazifasini o'tashadi.